Italiyalik yozuvchi, faylasuf va tarixchi Umberto Eko vafot etdi. U 84 yoshda edi. Bu haqda La Repubblica gazetasi ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Umberto Eko 1932-yilda Turin yaqinidagi Alessandriya shahrida dunyoga kelgan. U Turin universitetini tamomlab, u yerda o‘rta asrlar adabiyoti va falsafani o‘rgangan.Umberto Eko semiotika, estetika, falsafa va tilshunoslik bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar muallifidir.
Uning adabiyot sohasidagi asosiy ishlari qatoridan “Atirgul nomi” va “Fuko mayatnigi” romanlari joy olgan. Bu asarlar unga dunyo bo‘yicha mashhurlik keltirgan.
Umberto Ekoning so‘nggi romani “Praga qabristoni” 2010-yilda chop etilgan edi.
Izoh (0)