Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Volkswagen AG (VW) konserni Germaniyada ilk 4,3 ming mashinani yoqilg‘i tashlanmasi bo‘yicha amaldagi standartlar talablariga keltirib, Yevropada dizel dvigatelli avtomobillardagi kamchiliklarni bartaraf etish dasturini boshladi. Mamlakatda jami 2,4 million avtomobil “dizelli mojaro”ga aloqador, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: VistaNews

Foto: VistaNews

Konsern ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uch hafta mobaynida 2 litr hajmli dizel dvigatelli Amarok mashinalarining taxminan yarmida kamchiliklar bartaraf etilgan. Mart oyida esa Passat avtomobillarini qaytarib olish mo‘ljallanmoqda. Kelgusi bir necha oy ichida ishlab chiqaruvchi dvigatel hajmi 1,2 va 1,6 litrli mashinalar ta’mirini boshlaydi.

Germaniyada mashinalarning qaytarib olinishi Yevropadagi “dizelli mojaro”ga taalluqli barcha avtomobillardagi nuqsonlarni yo‘qotish uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi bildirilmoqda. Yevropada jami 8,5 million dona VW avtomobillari qaytarib olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi