Rossiyaning Moskva shahridagi Domodedovo aeroportining asosiy egasi Dmitriy Kamenshik 2011-yilda yuz bergan terakt asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda tergovchi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Moskvadagi Basmanniy sudining sud majlisida ishtirok etgan tergovchining ta’kidlashicha, Kamenshik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lishi mumkin va u jazo xavfi ostida qochishga harakat qilishi ehtimoli bor.
Dastlab, Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkorni hibsga olishni so‘rab sudga iltimosnoma kiritgan edi. Sud majlisida aniqlanishicha, iltimosnoma chaqirib olinib, Kamenshikka nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasini qo‘llash bilan chegaralanib qolish so‘ralgan.
Izoh (0)