Kanadada egiluvchan smartfon prototipi ishlab chiqildi (video)
Kanadadagi Queens University tadqiqotchilari turli tomonlarga egila oladigan smartfon prototipini ishlab chiqdi. Ushbu harakat qo‘shimcha ravishda yangi foydali funksiyalarni ishga tushiradi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
ReFlex deb ataluvchi smartfonda LG OLED egiluvchan displeyidan foydalanildi. Qurilmaning futuristik dizayniga Android 4.4 platformasi versiyasi yordamida xilma-xillik berishdi.
Egib-bukish orqali elektron kitob sahifalarini varaqlash mumkin, shuningdek, bu o‘yinlarda va hujjatlar bilan ishlashda qator imkoniyatlarni beradi.
Ixtiro bugun, 18-fevral kuni Niderlandiyadagi ko‘rgazmada taqdim etiladi, seriyali ishlab chiqarish uchun esa kamida 5 yil vaqt kerak bo‘ladi.