Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple saytida ilk shikoyatlar paydo bo‘lganidan uch kun o‘tib, kompaniya nosozlik bilan bog‘liq faktni tasdiqlab, xabar qoldirdi, deb yozadi TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Unda kompaniya xatolik bartaraf etilgan dasturiy yangilanmani chiqarishni va’da qilgan, shuningdek, bunday muammo yuzaga kelgan taqdirda ko‘mak markaziga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Kompaniyadagilar nosozlik sababini oshkor qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 64 bitli protsessorga ega iOS-qurilmalardagi sana 1970-yil 1-yanvarga o‘zgartirilsa, ular ishlamay qolishi xabar berilgan edi.

1970-yil 1-yanvar UNIX va POSIX’ga mos keladigan operatsion tizimlarda vaqtni hisoblash nuqtasi hisoblanadi. Taxminlardan biriga ko‘ra, iOS’dagi nosozlik shu bilan bog‘liqki, sana 1970-yil boshiga o‘tkazilganida operatsion tizim vaqtning manfiy qiymatini qabul qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)