Apple dunyodagi eng qimmat kompaniya nomini yo‘qotgandan bir sutka o‘tiboq, bu nomni yana o‘ziga qaytardi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Google egalik qiluvchi Alphabet xoldingining aksiyalari qiymati uch foizga tushib ketdi. Tim Kukning kompaniyasi esa kun davomida barqarorlikni saqlab turdi.
Endilikda Apple kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi 524 milliard dollarni, Alphabet kompaniyasiniki esa 520 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Oxirgi marta Google 2010-yilda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Apple’dan o‘zib ketgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google egalik qiluvchi Alphabet xoldingi bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)