“Barselona” hujumchisi Luis Suares Braziliyaga qarshi uchrashuvda Urugvay terma jamoasi safida maydonga qaytadi. Buni FIFA ham tasdiqladi, deya xabar beradi “Stadion.uz”.
JCh-2018 turniriga saralashning 5-turi doirasidan o‘rin olgan Braziliya - Urugvay bahsi 25-mart kuni Refisdagi Pernambuco stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda Urugvay 3 g‘alaba va 1 durang bilan 9 ochko jamg‘argan holda Paragvaydan (12 ochko) so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Pentakampionlar” (7) esa 2 g‘alaba, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etib, uchinchi o‘rinni band etgan.
Eslatib o‘tamiz, Luis Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining Italiya termasiga qarshi bahsida Jorjo Kellinini tishlagani uchun 9 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.