Rossiyaning Moskva viloyati, Mitishchi shahrida bir yoshli bolani o‘ldirganlikda gumon qilingan ayol hibsga olindi. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Podmoskovye boshqarmasining ta’kidlashicha, 59 yoshli ayol aybiga iqror bo‘lib, ariza yozdi.
So‘roq davomida aniqlanishicha, ayol 28-yanvardan 29-yanvarga o‘tar kechasi qizi, o‘g‘li, o‘g‘liga hamxona bo‘lgan ayol va uning bir yoshli farzandi bilan birga taomlanib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Ma’lum bir vaqt o‘tgach, bolaning yig‘isi 59 yoshli ayolning asabiga tega boshlagach, u bolani to‘qqizinchi qavatning derazasidan ko‘chaga otib yuborgan. Go‘dak voqea joyida halok bo‘lgan. O‘tkinchilar uning jasadini ertalab ko‘rib qolgan.
Ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi, 2-qismi, “v” bandi (voyaga yetmaganni o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)