Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Checheniston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni esdalik belgisi bilan taqdirladi. Bu haqda Qodirov o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, esdalik belgisi Rossiya Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi qarori bilan “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi samarali va unumli xizmatlari” uchun topshirildi.
Qodirov Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi direktori o‘rinbosari Igor Sirotkinga unga bunday baho bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Men hamisha terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash birinchi o‘rinda turishi kerakligidan kelib chiqaman. Shahar va qishloqlarni gullab-yashnayotgan bog‘larga aylantirish mumkin”, — deb yozdi u.
Shuningdek, Checheniston rahbari Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatli ishlari natijasida mamlakatda terrorchilik bilan bog‘liq hodisalar ancha kamayganini ta’kidladi.
Izoh (0)