Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Mitishchi shahrida 29-yanvar kuni dahshatli fojia yuz berdi. U yerda o‘tkinchilar ko‘p qavatli turar-joyning derazalari ostidan bir yoshli bolaning jasadini topdi. Bu haqda “Vesti” xabar beradi.

Foto: “TVC”

Foto: “TVC”

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bolakay to‘qqizinchi qavatdagi kvartirada onasi, u bilan birga yashovchi erkak hamda uning opasi va onasi bilan birga yashagan. Spirtli ichimlikni birgalikda ichish chog‘ida ulardan biri bolani derazadan tashlab yuborgan.

Hozirgi paytda surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Yuz bergan hodisa vaziyatlari, shuningdek, jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmoqda.

LifeNews’ning ma’lum qilishicha, jinoyatda bolaning onasi bilan birga yashovchi erkak gumon qilinmoqda. Tergovning aniqlashicha, ichkilikbozlik davomida mojaro yuzaga kelgan va gumonlanuvchi bolani derazadan pastga uloqtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?