Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sun’iy aql birinchi marta Xitoy shashkasi bo‘yicha odamni mag‘lub etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
O‘yinda yutish uchun qidiruvning kengaytirilgan tizimi va murakkab neyron tarmoqdan foydalanuvchi AlphaGo tizimi yaratildi. Tizim yaratilgandan so‘ng, o‘yinchilarning 30 milliondan ortiq harakati tahlil qilingan ko‘p sonli tajribalar o‘tkazildi.
Endilikda AlphaGo tizimi odamning harakatlarini 57 foiz holatlarda oldindan aytib bera oladi. Tizimning muvaffaqiyatini Yevropa bo‘yicha uch karra chempion Fan Xuey bilan o‘tkazilgan o‘yinlar isbotladi. Beshta o‘yindan beshalasida ham AlphaGo g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)