Isroil harbiy-havo kuchlari raketa hujumiga javoban G‘azo sektoridagi “Hamas”ning lagerini yo‘q qildi
Isroil harbiy-havo kuchlari 25-yanvar, dushanba kuniga o‘tar kechasi “Hamas”ning G‘azo sektori markaziy qismidagi mashg‘ulotlar lageriga aviazarba uyushtirdi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Aviazarbalar G‘azo sektori hududidan bir kun oldin uchirilgan raketalarga javoban uyushtirildi.
Raketalar Isroilning janubiy qismida portlagan. Qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
