Germaniya Transport vaziri Aleksandr Dobrindt Germaniya o‘zining chegaralarini yopish lozimligiga tayyor bo‘lishi kerakligini bayon etdi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Vazirning ta’kidlashicha, Angela Merkelning chegaralar yopilishi oqibatida Yevropada paydo bo‘luvchi tahdidlar haqidagi gaplarining “teskarisi aynan to‘g‘ridir”. “Agar chegaralar yopilmasdan, ishlar shu tarzda davom ettirilsa, Yevropa tiz cho‘kib qoladi”, ― dedi Dobrindt.
Aleksandr Dobrint kansler Angela Merkel boshchiligidagi Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) bilan birgalikda parlamentda koalitsiyani tashkil qiluvchi Bavariya Xristian-ijtimoiy ittifoqi (XII) partiyasining a’zosidir.
13-yanvarda XDI va XII parlamentar koalitsiyaning a’zolari muhojirlar uchun Germaniya chegaralarini yopish tarafdorlarining imzolarini to‘play boshlagan. Koalitsiyada ko‘tarib chiqilgan masala bo‘yicha ovoz berish 26-yanvarga mo‘ljallangan, shundan keyin mazkur tashabbus parlamentda ovozga qo‘yiladi.
Izoh (0)