Yadro sinovlari aks etgan minglab eski kinoplyonkalarni qaytash tiklash orqali, amerikalik olimlar ancha oldin sinalgan bombalar kuchini aniqlaydi. Fiziklar ba’zi noyob kadrlarni “Gazeta.ru” bilan bo‘lishdi.
Climax yadro eksperimenti 1953-yil 4-iyunda Nevadadagi poligonda o‘tkazilgan. Samolyotdan tashlangan bomba 406 metr balandlikda portlagan.
Peacekeeper qit’alararo ballistik raketaning sinov parvozi. Suratda raketadan ajralib chiqayotgan o‘nta kallakdan har birining izlari ko‘rinib turibdi.
Birinchi suvosti yadro portlashi. 21 kilotonnali bomba 1946-yil 24-iyulda Bikini atolli (halqa shaklidagi marjonlar oroli)da portlatilgan.
210 kilotonnali bombani Tinch okeanidagi Rojdestvo oroli ustida portlatish bo‘yicha Truckee eksperimenti, 1962-yil 9-iyun.
Nevadadagi poligonda 1953-yil 25-mayda amalga oshirilgan Grable portlashi. 11 dyuymli zambarakdan otilgan o‘q 34 kilometr masofaga uchdi. Bu tarixda birinchi marta otilgan yadro artilleriya o‘qi bo‘ldi.
Nevadadagi cho‘lda 14 kilotonnali bombani portlatish bilan bog‘liq How eksperimenti. Nurli “oyoqchalar” — zaryad turgan minoraning nurlanishdan bug‘lanib ketayotgan arqonlari.
1952-yil 5-iyunda Enivetok atollida amalga oshirilgan 360 kilotonnali Mohawk portlashi. Eksperiment chog‘ida birinchi portlash natijasida o‘ngroqda joylashgan ikkinchi o‘q ham portlab ketdi.
Nevadadagi poligonda amalga oshirilgan yadro portlashidan bir necha kilometr narida turgan suratkashlar.
Izoh (0)