Janubiy Koreyaning Pusan portidan Yaponiyaning Fukuoka shahriga suzib ketayotgan yo‘lovchi kema kit bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.
Voqea 8-yanvar kuni sodir bo‘lib, kema bortida bo‘lgan 180 kishidan to‘qqiz nafari jarohat oldi.
Kit bilan to‘qnashuvdan so‘ng, kemaning egasi Yaponiyaning JR Kushu kompaniyasi kemani Pusanga qaytardi va tan jarohati olganlar shifoxonaga yuborildi.
Izoh (0)