2015-yil bir qator, xususan, Google, Sbarro va Johnnie Walker kabi jahonga mashhur brendlarning rebrendingi bilan yodda qoldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
2015-yil yakunlariga ko‘ra, yangilangan jahon brendlari o‘nligini tayyorlagan Business Insider nashrining qayd etishicha, yangi logotip ko‘hna brendga yangi hayot bag‘ishlashi mumkin.10-o‘rin: International House of Pancakes (IHOP)
AQShdagi oilaviy nonushtalarga ixtisoslashgan restoranlar tarmog‘i. Mazkur tarmoq o‘z quymoqlari va omletlari bilan mijozlar mehrini qozongan. Tarmoqning AQSh va Kanadada 1,5 mingdan ortiq shoxobchalari bor. 2012-yili Dubayda ham ochilgan.9-o‘rin: OpenTable
AQShdagi 31 mingdan ortiq restoranlarda joy band qilish imkonini beruvchi, 1998-yilda asos solingan onlayn servis.8-o‘rin: Turner
Amerikadagi kabel mediakonglomerati, Time Warner kompaniyasi tarkibiga kiradi. Kompaniya CNN, HLN, TBS, TNT, Cartoon Network va boshqa shu kabi AQShning yirik telekanallariga egalik qiladi.7-o‘rin: Sbarro
Asosan Italiya va Amerika milliy taomlariga ixtisoslashgan pitsseriyalar tarmog‘i.6-o‘rin: Emerald Nuts
Diamond Foods kompaniyasining yong‘oq asosidagi ermak yeguliklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasi.5-o‘rin: Ritz-Carlton
Lyuks toifasidagi mehmonxonalarning xalqaro tarmog‘i. Tarmoq jahondagi eng yirik mehmonxona xoldingi — Marriott International’ning shu’basi hisoblangan Ritz-Carlton Hotel Company tomonidan boshqariladi.4-o‘rin: Google Ventures
Alphabet (sobiq Google)ning investitsiyaviy bo‘linmasi. Kompaniya investitsiyalar bozorini o‘rganib boradi va qaysi startaplarga sarmoya kiritish borasida qaror qabul qiladi.3-o‘rin: Johnnie Walker
Diageo’ga tegishli va butun jahonga mashhur viski brendi. Kompaniya Red Label, Black Label, Blue Label kabi nomlar ostida viskilar ishlab chiqaradi.2-o‘rin: Spike
Amerikadagi kabel telekanali, Viacom mediaxoldingi tarkibiga kiradi. Asosan ko‘ngilochar dasturlar namoyishiga ixtisoslashgan1-o‘rin: Google
Yilning eng yaxshi rebrendingi — Google Inc.’ni alohida ta’riflash, tanishtirish shart emas. Kompaniyaning avvalgi logotipi 17 yil davomida xizmat qildi.
Izoh (0)