Sidneydagi Xalqaro taom festivali tashkilotchilari bir necha yil avval noodatiy reklama kampaniyasini uyushtirdi. TravelAsk xabariga ko‘ra, tashviqot ishlari doirasida bir qator davlatlarning bayroqlari ushbu mamlakatlarda eng ko‘p iste’mol qilinadigan taomlardan tayyorlandi.
Reklamachilar mehnati mahsuli haqiqatan fantastik va kreativ ko‘rinish oldi. Bundan tashqari, mazkur ajoyib bayroqlarga nazar solib, kelasi safar ovqat masalasida qaysi mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirish ham mumkin.AQSh
Ketchup va gorchitsali xot-doglar.Fransiya
Moviy pishloq, bri pishlog‘i va uzum.Italiya
Rayhon, spagetti va pomidorlar.Hindiston
Karri tovug‘i, guruch, cheera thoran va non.Vyetnam
Karambola, lichi, rambutan.Braziliya
Banan yaprog‘idagi marakuyya, ananas va laym.Gretsiya
Feta (an’anaviy yunoncha pishloq) va zaytun donachalari.Yaponiya
Guruchli xom tunets.Livan
Pomidor va petrushkali pita.Janubiy Koreya
Sousli pibimpap.Avstraliya
Go‘shtli pirog.Xitoy
Pitayyadagi karambola.Tailand
Kokosdagi ko‘k qisqichbaqa mazali chili sousi bilan.Indoneziya
O‘tkir ta’mli karri va guruch.Turkiya
Sharqona shirinliklar.Shveysariya
Go‘sht bo‘laklari ustidagi Shveysariya pishlog‘i.Ispaniya
Guruchdagi chorizo kolbasachalari.Buyuk Britaniya
Qaymoq va murabbo bilan bezatilgan skon (britancha non).
Izoh (0)