Singapurdagi Changi aeroporti jahonning eng yaxshi havo bandargohi sifatida muntazam ravishda mukofotlarni qo‘lga kiritadi. TJournal’ning xabar berishicha, 2015-yil may oyida ushbu aeroport Britaniyaning Sky Trax konsalting kompaniyasi tanloviga ko‘ra, The World’s Top 100 Airports reytingi peshqadamiga aylandi, shuningdek, Tech Insider tanlovi bo‘yicha jahonning eng innovatsion aeroportlari o‘nligiga kirdi.
Changi aeroportining o‘z basseyni, kaktus va orxideyalar bog‘i, kinoteatri va ko‘ngil ochish majmuasi bor. Ko‘ngil ochish majmuasida bepul o‘yinlar o‘ynash mumkin, u yerda doimiy tarzda ko‘rgazmalar uyushtiriladi, ko‘rgazmalarda jahonga mashhur rassomlarning ijodiy ishlari ham namoyishga qo‘yiladi.
Bir finjon qahva uchun Starbucks yoki boshqa bir qahva tarmog‘ini tanlash kerak bo‘ladigan jahonning aksariyat aeroportlaridan farqli o‘laroq, Changida eng mayda detallarga ham katta e’tibor qaratiladi.
Parvozlar oralig‘ida yoki Changidagi reys kechikkan vaqtda maxsus hordiq xonalarida dam olish mumkin. Bu xizmat taxminan 49 dollarga tushadi.
Bunday xonada yo‘lovchiga nafaqat karavot, balki televizor va rozetka ham taqdim etiladi.
Bron qiymati yegulikni ham o‘z ichiga olgan.
Hojatxonada unitaz, dush, rakovina va fen bor.
Bu xonalar The Haven dam olish zonasi ichida joylashgan. U yerda hordiq chiqarish haqi soatbay to‘lanadi — ikki soatlik dam olish uchun taxminan 25 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.
U yerda o‘rindiqqa joylashib, ichimliklar ichish mumkin — ularning narxi ham xizmat haqi ichida.
Changi aeroporti rahbariyati yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini muntazam yangilab turadi. Masalan, bir muddat avval aerport hududida Moskvaga va Rossiyadagi sayyohlikka bag‘ishlangan ko‘rgazma oldida qurilgan yaxmalak faoliyat olib bordi.
Changida doimiy art-obyektlar ham bor — Kinetic Rain ulardan biri. Birinchi terminalda joylashgan bu installyatsiyada 1216 bronza detallaridan yomg‘ir tomchilariga o‘xshash manzara hosil qilingan.
2012-yili amerikalik rassom Kurt Venner aeroport buyurtmasiga asosan terminallarning birida polga 3D-surat chizgandi.
Changidagi orxideyalar bog‘ida mazkur gulning 30 dan ortiq turi o‘sadi.
Aeroport devorlarida joylashgan jahondagi dastlabki kapalaklar bog‘ida mingga yaqin tropik kapalaklar yashaydi.
2015-yil noyabrida All Nippon Airways kompaniyasi Changi aeroportida “Yulduzlar jangi” olami asosida bezaklangan Boeing 787 samolyoti taqdimotiga bag‘ishlangan media-tur o‘tkazdi.
Imperiya shturmchilari libosidagi aktyorlar haqiqiy o‘lchamdagi X-Wing qiruvchisi o‘rnatilgan bino bo‘ylab harakat qildi.
Yangi yil bayrami arafasida Changida doimiy ravishda bayram yarmarkalari tashkil etiladi.
TJournal Singapur aeroportidagi kundalik hayot aks etgan sayohatchilarning yana bir necha suratlarni to‘pladi.
Izoh (0)