“Shaxtyor” yarim himoyachisi Vitaliy Vitsenes og‘ir jarohati tufayli Italiya va Ispaniya shifoxonalarida davolanganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Vitsenesning ta’kidlashicha, Barselona shifoxonasidagi shifokorlarning ko‘rigidan keyin boshqa odamning meniskini, ya’ni tiza bo‘g‘imidagi har biri yarimoy shaklida bo‘lgan kemirchaklarini operatsiya yordamida ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilindi.
Ma’lum qilinishicha, bu kabi operatsiyalar sportchilar orasida hozirga qadar hech kimda qilinmagan.
Izoh (0)