Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya federal qo‘riqlash xizmati (FQX) Oleg Klimentyev Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini tark etishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda “Izvestiya”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Atributiya”

Foto: “Atributiya”

Nashrning bildirishicha, Klimentyev FQX rahbari Yevgeniy Murovning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, biroq tayinlov haqidagi buyruq rasman chop etilmagan. Vladimir Putinning xavfsizlik xizmati rahbarligiga Dmitriy Kochnev tayinlangan, biroq uning tarjimai holi Kreml va FQX saytida chop etilmagan.

Oleg Klimentyev prezident ma’muriyati va federal qo‘riqlash xizmatida lavozimini tark etishi kutilayotgan Yevgeniy Murovni almashtirishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston rahbari o‘rinbosari hamda vazirni, shuningdek, 7 nafar hokimni ogohlantirib, ularga yil yakuniga qadar imkoniyat berdi
Dunyo
Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda qo‘shilishiga to‘siq bo‘ladigan sabab ma’lum qilindi
Mahalliy
Bir yillik ish staji, ingliz tilini bilish: O‘zbekistonda ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar qanday?