Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Moskvadagi Yuriy Nikulin sirkida “Tomchi” mashqini bajarayotgan Darya ismli gimnastikachi qiz 25 metr balandlikdan qulab, omon qoldi va hatto tomoshabinlar oldiga ta’zimga chiqdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti”

Foto: “Vesti”

Hozirda qiz Sklifosovskiy nomli ilmiy-tekshirish institutiga joylashtirilgan. Qulash oqibatida uning miyasi chayqalgani, bosh miyasidan yopiq jarohat olgani va tanasi shikastlangani aytilmoqda.

Darya o‘zini a’lo darajada his etayotgani va sirkka qaytishga tayyorligini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gimnastikachi qizning chiqishi chog‘ida to‘r yirtilib ketgan. Sodir bo‘lgan hodisani u tasodif, deb hisoblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida blogerning qo‘li chopib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)