National Geographic 2015 tanlovining eng yaxshi suratlari
AQSh Milliy jug‘rofiya jamiyati tomonidan ta’sis etilgan National Geographic ilmiy-ommabop jurnali har yili eng yaxshi fotosuratlar tanlovini uyushtiradi, deb xabar bermoqda TravelAsk.
Tanlov g‘olibi 10 ming dollar bilan mukofotlanadi va kompaniyaning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida mehmon bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi.
Jurnal tahririyatiga yo‘llangan, tabiat manzaralari aks etgan yaxshi fotosuratlarni quyidagi fotojamlanmada tomosha qilish mumkin.
Juda noodatiy to‘y surati — yosh kelin-kuyov Kayman orollarida skatlar qurshovida suratga tushmoqda
Yaponiyadagi yomg‘irlar mavsumi arafasida fotosuratchi haqiqatan ham hayratlanarli manzara — son-sanoqsiz yaltiroq qo‘ng‘izlar parvoziga guvoh bo‘ldi
Hatto jonivorlar ham go‘zallikka intiladi
Dengizdagi qizg‘in hayot (Avstraliya)
Suv ichish uchun kelgan malla “mug‘ombir”
To‘lqinlar qudrati va maftunkorligi
Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida to‘ng‘iz ovlayotgan sherbonular. Baxtsiz jonivorning yana 18 soniya umri qoldi
To‘rt ko‘zli o‘rgimchak portreti
Ta’rifiga til ojiz shimol yog‘dusi
Islandiyada yo‘riqchi o‘zining suvosti darslarini shunday o‘tkazadi
Quyoshning alvon nurlari bilan bo‘yalgan ajoyib manzara (Rossiya)
Norvegiyaning Lofoten orollarida joylashgan futbol stadionining yuqoridan ko‘rinishi
Islandiyadagi Dettifoss sharsharasi — Yevropadagi eng qudratlisi
Shveysariyadagi qor ko‘chkilari ko‘plab insonlarning umriga zomin bo‘ladi. Biroq qutqaruvchi itlar sabab tiriklayin qor ostida qolganlarda omon qolish imkoni bor. Bu suratni olgan fotosuratchi ham shunday baxtli insonlardan biri
Dahshatli hayvonlar shohi (Janubiy Afrika)
Qoyadagi “eshik” orqali kirayotgan nur go‘yoki boshqa olamga olib chiqadigandek
Izoh (0)