Yaponiya ko‘chalaridagi aqlbovar qilmas moda (fotogalereya)
Hayratlanarli va aqlbovar qilmas yapon modasi Kunchiqar yurtni qarama-qarshiliklar mamlakatiga aylantiradi, deb yozadi TravelAsk.
Yaponiya ko‘chalarida sayr qilarkansiz, umuman aqlga sig‘maydigan, fantastik liboslardagi turli-tuman odamlarni uchratasiz.
Oldingizda paydo bo‘lgan kimsaning kiyimiga qarab: “Bundan-da g‘alatiroq libos bo‘lishi aslo mumkin emas!”, — deb o‘ylashingiz bilan, undan keyingi yaponiyalik bu fikringizni chilparchin qilib, yanada originalroq libosda namoyon bo‘ladi.
Umuman olganda, bu yerda gap faqat libosda emas.
Makiyaj, soch turmagi yoki qandaydir ajib libos bo‘ladimi, farqi yo‘q — yaponiyaliklar bularning har birini juda sinchikovlik bilan, eng kichik detallariga ham ahamiyatga bergan holda tanlaydi.