Irlandiyalik qo‘shiqchi Shineyd O’Konnor Facebook’dagi sahifasida o‘z joniga qasd qilishni rejalashtirayotganligi haqida xabar qoldirdi, deb xabar beradi TMZ nashri.
48 yoshli rok yulduzining qaysidir dorining halokatga olib keluvchi dozasini qabul qilganligi haqidagi xabar uning akkauntida 29-noyabr, yakshanba kuni tongda paydo bo‘ldi. O’Konnor unda “Irlandiyaning qaysidir qismida joylashgan” mehmonxonada ekanligi va unga o‘zi o‘ylab topgan ism bilan ro‘yxatdan o‘tganligini qayd etgan. Qo‘shiqchi o‘z joniga qasd qilishida uning oilasini ayblash lozimligini ma’lum qilgan.
“Hurmat qozonishning boshqacha yo‘li yo‘q. Oilam meni qadrlamaydi”, — deb yozdi u.
Keyinroq huquqni muhofaza qilish organlari qo‘shiqchini Dublindan jabrlanmagan holda topganligi va shifokorlar nazorat qilishi uchun topshirilganligi ma’lum qilindi. O’Konnor haqiqatan ham o‘z joniga qasd qilishga uringanligi holatiga aniqlik kiritilmadi.
Izoh (0)