Moskvada 88 yoshli Eldar Ryazanov bir hafta muqaddam joylashtirilgan kasalxonada olamdan o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rejissorning o‘limi haqidagi xabarni u bilan birga ishlagan Irena Lesnevskaya o‘z Facebook’dagi sahifasida qoldirgan.
Ryazanovning vafoti haqidagi ma’lumotni uning oila a’zolari ham tasdiqlagan. “Interfaks” agentligi rejissor oilasining do‘sti bergan ma’lumotga asoslanib xabar berishicha, Ryazanov yurak yetishmovchiligi xastaligidan vafot etgan.
Joriy yilning sentabr—oktabr oylarida u rejali ravishda davolangan va kasalxonadan chiqarilgan edi. Ammo bir hafta oldin uni yana kasalxonaga yotqizishga majbur bo‘lishdi. Rejissorning salomatligini og‘ir deb baholashgan edi o‘shanda. Unga sun’iy nafas beruvchi apparat ulab qo‘yishgan edi, ammo bu ham Eldar Ryazanovning yashab qolishiga yordam bermadi.
Eldar Ryazanov “Avtomobildan saqlaning”, “Qaroqchi chollar”, “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”, “Ishdagi ishq” kabi mashhur filmlarga rejissorlik qilgan.
Izoh (0)