Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Diyego hayvonot bog‘ida shimoliy oq karkidon 41 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. U butun dunyo bo‘yicha ushbu noyob turning to‘rt vakilidan biri edi.

Arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Arxiv. Foto: “RIA Novosti”

San-Diyego zooparkida 1989-yildan buyon yashayotgan Nola laqabli karkidonda so‘nggi vaqtlarda faollikning susayishi va ishtahaning yo‘qolishi kuzatilgan. U, shuningdek, tos suyagi qismida rivojlangan infeksiyadan ham azob chekkan.

So‘nggi kunlar ichida Nolaning ahvoli ancha yomonlashgach, hayvonot bog‘i jamoasi karkidonni zaharlab o‘ldirishga qaror qildi.

Turning eng so‘nggi vakillari — bir erkak va ikki urg‘ochi shimoliy oq karkidon Keniyadagi ekvatorial tabiat qo‘riqxonasida saqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga to‘xtatiladi 
Mahalliy
Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga keladi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi