Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya Suriya hududidagi IShID marralariga bergan aviazarbalardan biri natijasida 600 dan ziyod jangari yo‘q qilingan. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

“Terrorchi guruhlar katta talofat ko‘rmoqda. Qanotli raketalar bilan ularning Dayr-az-Zor hududidagi birgina manziliga berilgan zarbaning o‘zida 600 dan ziyod jangari yo‘q qilindi”, — deya ta’kidlagan mudofaa vaziri.

Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Suriyadagi havo amaliyotlari davomida 522 marta samolyotlar parvozi amalga oshirilgani, dengiz va havo orqali 101 ta qanotli raketa uchirilgani, 1,4 ming tonna bomba tashlangani, bu harakatlar tufayli terrorchilarning 23 ta tayyorgarlik bazasi, 19 ta zavodi va 47 ta ombori yo‘q qilingani haqida axborot berdi.

Putin jangarilar bilan kurash muvaffaqiyatli ketayotgani, biroq hali bu natijalar yetarli emasligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi