London politsiyasi shahar markazida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan avtomobilda nazorat portlashini amalga oshirdi. Bu haqda Agence France-Presse ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
“Beyker-strit ko‘chasida qoldirib ketilgan avtomobil topildi va unda nazorat portlashi o‘tkazildi. Hech qanday jinoyat tergoviga ehtiyoj yo‘q”, — deyiladi politsiya xabarida.
Hodisa joyi yaqinidagi metro stansiyasida evakuatsiya amalga oshirildi.
Yevropa hukumatlari Parijdagi teraktlardan so‘ng xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Izoh (0)