AQShning Kaliforniya shtati Mauntin-Vyu shahrida politsiyachilar Google haydovchisiz mashinasini juda sekin harakatlanayotgani uchun to‘xtatdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Avtomobil soatiga 35 mil (taxminan 56 kilometr)gacha tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘lda soatiga 24 mil (taxminan 38 kilometr) tezlikda yurgan. Trassada Google mashinasi ortida boshqa avtomobillar to‘planib qolgan, u ularning o‘tib ketishiga xalal bergan.
Politsiya xodimi avtomobilni to‘xtatib, operatorlar bilan bog‘langan va ularga mashina yo‘l harakatiga to‘siq bo‘layotganini tushuntirgan.
Google aniqlik kiritishicha, haydovchisiz avtomobil prototipining tezligi xavfsizlik nuqtai nazaridan soatiga 25 mil tezlik bilan cheklangan. Shuningdek, bunday mashinalar 1,2 million mil (1,9 million km) yo‘l bosishga ulgurgan va biror marta yo‘l qoidasini buzgani uchun jarimaga tortilmagan.
Izoh (0)