Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya federal havo transporti agentligi (“Rosaviatsiya”) Ukraina sharqida qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli “Boing” halokati yuzasidan olib borilgan tergovning rasmiy natijalariga nisbatan rasmiy norozilik bildirdi va Xalqaro fuqaro transporti tashkiloti (IKAO)dan tergov ishiga aralashishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

“Rosaviatsiya” vakillarining ma’lum qilishicha, tergov sifati qoniqarsiz va IKAO talablariga mos kelmaydi. Shuningdek, federal agentlikdagilarning fikricha, tergov oldindan istalgan natijaga moslashtirilgan, undagi mantiqsizlik darajasiga esa “chidab bo‘lmaydi”.

“Rosaviatsiya” vakillarining ta’kidlashicha, Niderlandiya xavfsizlik kengashi hisobotida so‘z borayotgan yakson qiluvchi elementlar va “Boing” qulagan joydan topilgan elementlar bir-biriga mos emas. Idoraning alohida qayd etishicha, Rossiya tergov jarayoniga bosim o‘tkazmaslik maqsadida, yo‘lovchi samolyoti qulashi bo‘yicha o‘z talqinini ilgari surmagan.

“Rosaviatsiya” vakillarining ma’lum qilishicha, samolyot halokatining asosiy sababi Ukraina hukumatining harakatsizligi bilan bog‘liq, ular mamlakat sharqida yuz berayotgan nizo hududi havo kengliklarini yopish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi