Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2016-yili Fransiyada navbatdagi Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Kecha, 13-oktabr kuni Yevropa chempionatining saralashining guruh bosqichi yakunlandi. Hozirga qadar musobaqada ishtirok etadigan 20 ta terma jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Bular: Fransiya, Albaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Angliya, Germaniya, Islandiya, Italiya, Shimoliy Irlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Ispaniya, Slovakiya, Shveysariya, Uels, Xorvatiya va Turkiya terma jamoalari. Shuningdek, yana to‘rtta jamoa nomi pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi.

Saralash bosqichida o‘z guruhlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar pley-off o‘yinida o‘zaro kuch sinashadi. Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Irlandiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Norvegiya va Vengriya jamoalari qolgan to‘rtta o‘rin uchun bahslarga kirishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi