Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Saudiya Arabistoni Haj vazirligiga 2015-yilda 40 dan ortiq davlat ziyoratchilar kvotasini oshirishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda, vazir Bandar Xojarga asoslanib, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi

Vazirning bayonotiga ko‘ra, Makka shahridagi al-Haram masjidida keng miqyosli qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, kvotani oshirishni so‘ragan mamlakatlarga rad javobi berilgan.

“Vazir Saudiya Arabistoni yaqin besh yil mobaynida hojilarni faqat eski kvota bo‘yicha qabul qilish imkoniyatiga ega ekanini bayon qildi. Hozir atrofdagi ko‘pgina binolar buzilib, al-Haram hududiga qo‘shilyapti”, — deyiladi idora xabarida.

Vazir Bandar Xojarning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtdagidan ko‘proq hojilarni barcha sharoitlar bilan qabul qilish uchun mehmonxonalar yetishmaydi, bu holat esa hojilarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi