Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi sharafini himoya qiluvchi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov Yevropa Ligasi doirasida “Gabala”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Uff.uz”ning yozishicha, Ahmedov jamoasi bu o‘yinda Ozarbayjon klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Odil Ahmedov. Foto: Darakchi.uz

Odil Ahmedov. Foto: Darakchi.uz

“Biz har uch kunda maydonga tushmoqdamiz. Shu sababli charchoq alomatlari bor. Ikkinchi bo‘limda xotirjamroq o‘ynadik, shu sababli g‘alabaga erishdik. Mazkur o‘yindagi natija biz uchun juda muhim edi”, — dedi o‘zbekistonlik futbolchi.

“Yaxshi sport formasida bo‘lishni istaymiz. Ammo yomg‘ir yaxshi o‘yin namoyish etishga halal berdi”, — deya qo‘shimcha qildi Odil Ahmedov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi