Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jezkazgan Yo‘l-patrul xizmati xodimi Ardak Alkeyev yo‘l harakati qoidalarini buzganligi va xizmat vazifasini bajarish chog‘ida avtohalokatni keltirib chiqarganligi uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar beradi.

Foto: tengrinews.kz

Foto: tengrinews.kz

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2014-yilning 6-avgust kuni politsiya xodimiga to‘y kortejlariga nisbatan reydni amalga oshirish davomida rahbariyat tomonidan qoidabuzarlarni qo‘lga olish vazifasi yuklatilgan. Alkeyev ularning ortidan ta’qib eta boshlaganda, haydovchilar tezlikni oshirib, boshqa avtomobillarning harakatlanishiga xalaqit beruvchi tarzda harakatlana boshlagan. Shunda politsiyachi ham ular kabi harakatlanib, YTHning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Ishdan ozod etilgan politsiyachi sudga lavozimni tiklash to‘g‘risida da’vo kiritgan. Biroq yaqinda bo‘lib o‘tgan sud sobiq politsiyachi da’vosini qanoatlantirishni rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasbini boshidan otib qo‘ydi
Mahalliy
UMS 7 mlrd so‘mlik tenderda 1 tiyin arzonroq narx taklif qilgan korxona g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi