Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Anjelina Joli va Bred Pitt London markazidagi obro‘li Vestminster tumanidan qiymati 39 million dollarga teng qasrni sotib olishni rejalashtirmoqda. “Segodnya.ua”ning yozishicha, yulduzli juftlik ko‘z tikkan uy Bukingem saroyi va Big Bendan ikki qadam narida joylashgan.

Foto: segodnya.ua

Foto: segodnya.ua

So‘nggi vaqtlarda Joli va Pittda ma’lum bir moliyaviy qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Ular bir yilda olti nafar farzandi uchun kamida bir million dollar sarflamoqda. Shu sababli ham juftlik Yangi Orleandagi uyni 6,5 million dollarga sotuvga qo‘ydi.

Pitt va Joli Londondagi dang‘illama uy uchun to‘lovni hozircha amalga oshirmagan bo‘lsa-da, ularning bu joyni sotib olishi ehtimoli katta, chunki Buyuk Britaniya poytaxtining ramzlari yaqinidagi narxi hech qachon tushmaydigan turar-joyni sotib olish samarali investitsiya bilan teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi