Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri ostonasiga yaqin hududda katta yong‘in va kuchli portlash yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram kabi lahzalik xabar almashish tizimlarida bir-biriga zid xabarlar paydo bo‘ldi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan sharq tomonda yuz berayotgan katta yong‘in suratlari paydo bo‘lgan. Suratlarning deyarli barchasi uzoq masofadan olingan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Turli, tasdiqlanmagan manbalarga asoslanib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tarqatilgan axborotlarga ko‘ra, Tuzel qo‘rg‘onidagi aerodrom yoki shaharning sharqiy qismidagi yirik sanoat korxoanalaridan biri yonayotgan bo‘lishi mumkin.

photo305816639892465803

Foydalanuvchilarning biri tomonidan tarqatilgan ovozli xabarda hodisa “Rohat” posti yaqinidagi gaz quyish shoxobchalarining birida yuz bergani aytiladi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ma’lumot uchun, hodisaning aynan qayerda, nima sababdan sodir bo‘lgani, ko‘lami, jabrlanuvchilari haqida aniq ma’lumot yo‘q, hodisa haqida rasmiy axborot berilganicha yo‘q.

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, yong‘in va portlash shahar yaqinidan o‘tgan magistral gaz quvurida yuz bergan, hodisa joyiga ko‘plab tez yordam karetalari va o‘t o‘chirish mashinalari o‘tib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi