Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskva daryosiga qulagan Robinson vertolyotiga uchish uchun ruxsat berilmagan, deya xabar qilmoqda “Gazeta.ru”.

Foto: newsera.ru

Foto: newsera.ru

Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot parvozi tegishli xizmatlar bilan muvofiqlashtirilmagan. Hodisa bo‘yicha ikkita asosiy versiya ko‘rib chiqilmoqda: dvigatel ishlamay qolgan yoki uchuvchi malakasi kamligi yoxud parvoz xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaganligi tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.

Ayni paytda voqea joyida vertolyotni yuzaga olib chiqish uchun qutqaruvchilar ishlamoqda. Suvdan to‘rt kishi, shu jumladan, yosh bola olib chiqilgan, ularning barchasi tibbiy yordamdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-avgust, shanba kuni bortida to‘rt kishi, jumladan, bir nafar yosh bola bo‘lgan Robinson 44 xususiy vertolyoti Moskva daryosiga qulab, cho‘kib ketdi. Hodisa sohildan 30 metr uzoqlikda ro‘y bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)