KXDR Qurolsizlantirilgan hududda ikki janubiy koreyalik askar minadan halok bo‘lgani bilan bog‘liq hodisa uchun kechirim so‘rashi kerak, deya xabar bermoqda “TASS” Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe so‘zlariga tayanib. Pxenyan uzr so‘ramagunicha, ikki mamlakat chegarasidagi radiokarnaylar ovozi tinmaydi.
“Janubiy Koreya tegishli chora-tadbirlarni ko‘rib, radiokarnaylar orqali eshittirishlarni davom ettiradi”, — dedi prezident o‘z maslahatchilari bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga, u ikki tomonlama muzokaralarda har ikkala tomon ham tanglikka barham berishga muvaffaq bo‘lsa, Janubiy Koreya o‘zaro gullab-yashnash va tinchlik uchun bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.
Izoh (0)