Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ekvador hukumati Kotopaxi vulqonining otilishi ehtimolini hisobga olib, evakuatsiya qilinadigan aholi uchun 121 ta boshpana tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: igepn.edu.ec

Foto: igepn.edu.ec

Mamlakat poytaxti Kito shahridan atigi 45 kilometr masofada joylashgan vulqon 22-avgust, shanba kuni 2 kilometr balandlikkacha bir necha bor bug‘ va kul otdi. Vulqon yaqinidagi bir necha aholi punktiga kul yog‘ilgani qayd etildi.

Mahalliy ma’muriyati chorva mollarini xavfsiz joylashtirish uchun mo‘ljallangan 47 ta joyni hozirlab qo‘ygan va Mexiya kantonida oltita veterinariya klinikasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, avgust oyining ikkinchi dekadasida Kotopaxi vulqonining faolligi sezilarli oshdi. Shu sababli, hududda favqulodda holat tartibi e’lon qilingan. So‘nggi 300 yil davomida mazkur vulqon 50 martadan ortiq, so‘nggi bor XX asrning 40-yillarida otilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati