Maxachqalada yuz bergan otishma jarayonida uch nafar jangari yo‘q qilindi, deb xabar beradi Interfax.
Hodisa Maxachqala shahridagi Yangi Xushet qishlog‘ida 03:00 atrofida yuz berdi. Federal kuchlar temir yo‘l kesishmasida Lada Priora avtomobilini to‘xtatishga uringanda, undagi kishilar ularga qarata o‘t ochdi.
Javob otishmalari natijasida uch nafar jangari yo‘q qilindi. Jinoyatchilarning shaxsi aniqlanmoqda.