Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

3-sentabr kuni Toshkentning “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — Yaman uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv bosh hakami — Li Min Xu bo‘lsa, unga qanotlarda Choy Min Byong hamda Kim Yun Ga yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston). Uchrashuv nazoratchisi Muhammad Hamad Alsovayl (Saudiya Arabistoni). Komissar — Ahmad Shahir (Maldiv).

8-sentabrda o‘tkaziladigan Filippin — O‘zbekiston uchrashuvida esa avstraliyalik hakamlar ishlaydi.

Bosh hakam — Peter Grin, qanot hakamlari — Bred Hobson va Metyu Chiyzmen. To‘rtinchi hakam — Suayzi Shukri (Malayziya). O‘yin nazoratchisi Antoniy Jon D’Kosta (Hindiston). O‘yin komissari — Salikin Sarkavi (Singapur).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi