O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2016-yilning aprel oyidan poliomiyelitga qarshi yangi emlashni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sayti xabar beradi.
“Poliomiyelit yuqumli kasallik bo‘lib, u falajlik va nogironlikka olib keladi. Ba’zan o‘limga ham olib kelishi mumkin. Uni davolab bo‘lmaydi, faqat oldini olish mumkin. Bolani bir necha marta poliomiyelitga qarshi emlash uni butun hayoti davomida kasallanishdan himoya qilishi mumkin”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dilorom Tursunova.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga qaraganda, dunyoning 17 mamlakatida poliomiyelitning ikkinchi turi avj olgan. Kasallikning ushbu turi 16 yildan buyon qayd etilmagan edi.
Mamlakatda bolalarni poliomiyelitning ikkinchi turiga qarshi to‘rt oylikdan inyeksiya shaklida emlash joriy etiladi.
Izoh (0)