KXDR Koreya yarim orolini ikkiga bo‘luvchi nomilitarlashgan hudud atrofida eshittirish uchun mo‘ljallangan Janubiy Koreya ovozkuchaytirgichlari olib tashlangudek bo‘lmasa yo‘q qilinishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
"Talablarimiz qondirilmagan taqdirda Shimolga qarshi ruhiy kurash vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha to‘laqonli jangovar harakatlar boshlanadi", — deya ogohlantiriladi ushbu bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, targ‘ibot eshittirishlari uzoq tanaffusdan so‘ng 10-avgust kuni nomilitarlashgan hudud chegarasida ikki nafar Janubiy Koreya harbiysi minada portlab ketganidan so‘ng boshlangan edi.
Izoh (0)