Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amerika Qo‘shma Shtatlari Fransiyaga Pablo Pikassoning “Sartarosh ayol” (La Coiffeuse) suratini qaytardi. Keyingi 14 yil davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan kartinani topshirish marosimi Vashingtondagi Fransiya elchixonasida bo‘lib o‘tdi. Surat o‘zining asl joyi — Parijdagi zamonaviy san’at muzeyi ixtiyoriga topshiriladi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: 24news.club

Foto: 24news.club

Surat o‘tgan yil oxirida Nyu-York bojxonasida Belgiyadan jo‘natilgan posilka ichidan topilgan. “Narxi 30 yevro turadigan badiiy o‘xshatma”, deya izoh berilgan buyum bojxonachilarda shubha uyg‘otgan va ular san’atshunoslarga murojaat etishga qaror qilgan.

Pikasso tomonidan 1911-yilda yaratilgan surat yo‘qolgan payti — 2001-yilda 2,5 million dollarga baholangan. Hozirgi kunda uning narxi kamida olti barobar oshgani taxmin qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi