Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi “Spravedlivaya Rossiya” partiyasining tashviqot gazetasini tarqatilishiga nisbatan Magadan saylov komissiyasi tomonidan joriy etilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: ntv.ru

Foto: ntv.ru

Rossiya MSK taqiqni noqonuniy deb topish haqidagi qarorni 14-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilgan. Avvalroq tashviqot gazetasida tashqi ko‘rinishi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevnikiga o‘xshash inson karikaturasi e’lon qilingandi.

Magadan saylov komissiyasi tashviqot gazetasidagi karikaturada shaxsi aniq odam — Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tasvirlangan, degan xulosaga kelgandi.

Rossiyadagi saylov huquqlarining asosiy kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 48-moddasiga muvofiq, tashviqot materiallarida jismoniy shaxsning tasviridan faqatgina shu shaxsning yozma ruxsati bilan foydalanish mumkin, Magadan saylov komissiyasi esa Medvedevdan bunday ruxsatnoma olinmagan, deb hisoblagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj