Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya prezidenti vakili Oliy suddan mamlakat Qurolli kuchlarining tinchlik davridagi yo‘qotishlari haqidagi axborotning maxfiylashtirilishi ustidan berilgan shikoyatni rad etishni so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

Avvalroq bir guruh advokatlar va jurnalistlar xuddi shunday shikoyat bilan Oliy sudga murojaat qilgandi, ularning fikricha, mazkur axborotning maxfiylashtirilishi fuqarolarning inson huquqlari buzilishi haqidagi ma’lumotlarni olish huquqini cheklaydi.

“Mazkur shikoyat qanoatlantirilishi kerak emas, shikoyatchilarning barcha ta’kidlari shov-shuv uchun va dalillar bilan asoslanmagan”, — dedi Putinning vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif qilinayotgan tuzatish amaldagi qonunchilikka zid emas va Rossiya Konstitutsiyasiga muvofiqdir. Bundan tashqari, vakilning aniqlik kiritishicha, bu kabi axborotning oshkor etilishi mamlakat xavfsizligiga tahdid uyg‘otishi mumkin.

Avvalroq harbiylarning tinchlik davridagi yo‘qotishlarini maxfiylashtirish tashabbusi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak