Gaitida fuqarolik yarashuvini tiklash konvensiyasi uchun Ittifoqdan (CORRECH) mamlakat prezidentligiga nomzod Nestor Mishle uch noma’lum kimsaning hujumiga duchor bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ko‘pgina a’zolari lat yegan va qo‘li singan nomzod kasalxonaga yotqizildi. Hodisa 9-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari chog‘ida ro‘y bergan.
Mahalliy politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu saylov jarayonida ikki kishi halok bo‘lgan, bir necha odam yaralangan. Tartibsizliklar sodir etishda gumon qilingan 56 kishi hibsga olingan.
Izoh (0)