Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozon shahrida davom etayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida chorak va yarim final bellashuvlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Sports.uz”.

Foto: sports.uz

Foto: sports.uz

50 metrga brass usulida suzish bo‘yicha o‘zbekistonlik Vladislav Mustafin yarim finalga chiqishni uddalagandi. Ammo tajribali sportchi yarim final bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va musobaqani tark etdi.

Ta’kidlash joizki, yarim final bellashuvlarini sharhlab borgan rus suxandoni Mustafinni Belarus respublikasi vakili sifatida tanishtirdi. Dmitriy Guberniyev ilgari ham xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘ygandi. O‘shanda Sochi shahridagi qishki Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimi translyatsiyasi paytida Guberniyev adashib, O‘zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)