Toshkentdagi “Malika” maishiy texnika va elektronika yarmarkasi hududi joylashgan ba’zi do‘konlar buzilishi boshlangani xabar qilindi. Tegishli fotosurat Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga joylashtirilgan.
Guruh a’zolari ushbu holat yuzasidan juda ko‘plab turli taxminlarni ilgari surgan. Ularning aksariyati faqatgina yarmarka markazidagi bir nechta do‘kon buzilayotganini ta’kidlagan. Ba’zi foydalanuvchilar do‘konlarning hujjati bo‘lmagani uchun buzilayotganini taxmin qilayotgan bo‘lsa, boshqalari ularning o‘rnida yangi gipermarket qurilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan yarmarka ko‘chirilishi boshlangani to‘g‘risida ham ko‘plab taxminlar bildirilgan. Jumladan, do‘konlar yangi ochilgan MediaPark savdo markaziga, metroning “Chilonzor” bekati oldidagi Integro savdo markaziga, “Abu Saxiy” bozori yaqiniga ko‘chirilishini taxmin qilgan.
Izoh (0)