Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tehron 2013-yili Jenevada vaqtinchalik kelishuvni imzolagach, o‘tgan 22 oy mobaynida sanksiyalar yumshatilishi natijasida 12 milliard dollar olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Sputnik agenligi Eron hukumati matbuot kotibi Muhammad Nobaxtga tayanib, ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Matbuot kotibi Eron hukumati bu mablag‘larni yalpi ichki mahsulot (YaIM) darajasini oshirish va aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlashga yo‘naltirishga qaror qilganligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, hukumat neft va gaz sohasiga investitsiyalar kiritishga alohida e’tibor qaratish va bu mahsulotlar eksportini ikki barobar ko‘paytirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Eron “oltilik” bilan kelishuvlarni og‘ishmay amalga oshirsa, ilgari “muzlatib” qo‘yilgan hisob raqamlardagi 100 milliard dollardan ziyod mablag‘ni qayta qo‘lga kiritadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar